Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bozor yangiliklari » Bozorlar — shaffof va zamonaviy xizmat ko‘rsatishga aylanmoqda

Bozorlar — shaffof va zamonaviy xizmat ko‘rsatishga aylanmoqda

14-02-2026, 11:46
18

Bozorlar — shaffof va zamonaviy xizmat ko‘rsatishga aylanmoqda  

 
Xorazm viloyatida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va soliq madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari davom etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Sadullayev Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida bo'lib, bozorga kirish, chiqish va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yashirin iqtisodiyotga qarshi samarali kurashish, savdo faoliyatini shaffoflashtirish hamda raqamli nazorat mexanizmlari faoliyati o'rganildi. Uchrashuvda barcha bozorlar raqamlashtirilib "Aqlli shahar"ga integratsiya qilinishi ta'kidlandi.
Xorazm viloyatidagi 29 ta bozor va savdo komplekslarida xatlov ishlari olib borilmoqda. Dastlabki o‘rganishlarda:
- 115 ta holatda onlayn nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalisiz faoliyat yuritishi
- 280 ta savdo nuqtasida QR-kod mavjud emasligi, 
- 505 ta holatda ijara shartnomasi rasmiylashtirilmaganligi
- 366 ta holatda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati olib borilayotgani aniqlanib raqamli nazorat mexanizmlari orqali bartaraf qilingan.
 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.